Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq bosh vazir televideniyeda boshlovchilik qiladi

Sobiq bosh vazir televideniyeda boshlovchilik qiladi

Foto: President of Ukraine.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 2024-yildan boshlab GB News kanalida mualliflik dasturida jurnalist sifatida ish boshlaydi. Bu haqda uning o‘zi telekanal tomoshabinlariga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u «Britaniyaning kuchini butun dunyoda namoyish etuvchi» dasturni taqdim etadi. U 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Buyuk Britaniya parlamenti saylovlarini yoritishda ham ishtirok etadi.

«Tez orada GB News’da siz bilan bo‘lishimni e’lon qilishdan mamnunman», degan Jonson.

Ta’kidlash joizki, Buyuk Britaniyani 2019-2022-yillarda boshqargan Borisning asl kasbi jurnalist sanaladi. U The Spectator, The Daily Telegraph kabi nashrlarda ham faoliyat yuritgan. Jonson 2022-yil yozida yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan keyin iste’foga chiqishga majbur bo‘lgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring