Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq teleboshlovchi pul ishlash uchun o‘g‘lini o‘layotganga chiqardi

Sobiq teleboshlovchi pul ishlash uchun o‘g‘lini o‘layotganga chiqardi

Foto: «Mindyourway.co.uk»

Avstraliya televideniyesining sobiq teleboshlovchisi Simona Rayt «Trade Me» saytida buyumlar savdosidan pul ishlab topish uchun o‘g‘li saratondan o‘layotganini aytib aldagan. «NZ Herald»ning yozishicha, u xaridorlarni qiziqtirish va hamdardlik uyg‘otish uchun shunday yo‘l tutgan.

Rayt, jumladan, 2008-yilda mototsikl sotilishi haqida e’lon joylab, quyidagi jumlalarni qistirib qo‘ygan: «O‘g‘limiz saratondan vafot etyapti. Endi u mototsikl uchishdan zavqlana olmaydi». Ayol hammasi bo‘lib 35 ming dollarga buyum sotgan.

Rayt aybini tan olmasligi tabiiy. Uning ta’kidlashicha, hammasining ortida sobiq eri turibdi. U 580 ming dollar miqdordagi moliyaviy firibgarligi uchun qamalib ketgan. Shunga qaramay, sud aldov yo‘li bilan pul ishlab topgani uchun uni firibgarlikda aybdor deb topdi. Yaqin kunlarda ayolning ustidan hukm e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring