Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sochida qo‘lbola aroqdan zaharlanib 10 kishi vafot etdi

Sochida qo‘lbola aroqdan zaharlanib 10 kishi vafot etdi

Sochida qo‘lbola tayyorlangan «gruzin arog‘i»dan zaharlanib 10 kishi vafot etdi.

Sochining Adler tuman sudi zaharlanish ishi bo‘yicha ikki gumonlanuvchini hibsga oldi. Bular 30 va 71 yoshli mahalliy aholi vakillari bo‘lib, bozorda qo‘lbola tayyorlangan chacha («gruzin arog‘i») va vino sotgan.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 6 avgust kuni ushbu spirtli ichimliklardan iste’mol qilgan 4 nafar sayyoh zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan va ularning 3 nafari vafot etgan edi.

Bugungi sud jarayonida tergovchi ushbu holat ortidan 10 kishi vafot etganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring