Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SpaceX insoniyat tarixidagi eng yirik raketani uchirdi

SpaceX insoniyat tarixidagi eng yirik raketani uchirdi

Foto: X.com

Bugun tunda SpaceX kompaniyasi insoniyat tarixidagi eng yirik raketani uchirdi. Unga Texasdagi bazadan mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da start berildi.

124 metrli Starship V3 — 40 qavatli uy balandligiga teng va tortish kuchi qariyb 8 ming tonnani tashkil etuvchi mahobatli mashinadir. U insonni Oyga eltib qo‘ygan afsonaviy Saturn V hamda NASAning eng yangi Oy raketasi — SLSdan ham qudratliroqdir.

Starship V3.
Foto: Reuters

Bu Marsga parvoz arafasidagi sinovdir. Starship aynan «Qizil sayyora»ni zabt etish yaratilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kema bir qatnovda u yerga ekipaj a’zolari bilan bir qatorda, 100 tonnagacha yukni yetkazib bera oladi. Asosiy muammo — ortga qaytishning hozircha deyarli imkonsizligida. Insoniyat Marsga uchib borishga qodir bo‘lsa-da, raketani sayyora yuzasidan ko‘tarib, uni orqaga qaytarishning hozircha iloji yo‘q.

Starship V3 boshqa raketalar bilan solishtirilganda.
Foto: Reddit

Aynan shuning uchun SpaceX metanga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Uni nazariy jihatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Marsning o‘zida suv va karbonat angidrid gazidan ishlab chiqarish mumkin. Kelajakda u yerga avval robotlar yuborilishi mumkin — ular zavodlar qurib, yonilg‘i tayyorlaydi.

Bevosita bugungi parvozga qaytsak, sinov to‘liq rejadagidek o‘tdi deb bo‘lmaydi. Super Heavy tezlashtiruvchisi (raketa tashuvchisi) Yerga qaytishi va Meksika qo‘ltig‘iga qo‘nishi kerak edi, ammo dvigatellar qayta ishga tushirilganda texnik nosozlik yuz berdi. Oqibatda tezlashtiruvchi boshqaruvni yo‘qotib, suvga quladi va katta ehtimol bilan portlab ketdi. Starship kemasining o‘zi esa yuqoriga ko‘tarilish vaqtida oltita Raptor dvigatelidan biri ishdan chiqqaniga qaramay, Hind okeani tomon harakatlanishda davom etdi.

Hind okeaniga qo‘nishda kema ag‘darilib, portlab ketgan, ammo kompaniya oldindan bu holat kutilganini va sinovning bir qismi ekanini bildirgan.

Ilon Mask ushbu parvozni muvaffaqiyatli deya baholab, SpaceX jamoasini tabrikladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring