Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Stubb: Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida ehtiyotkorona siljish bor

Stubb: Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida ehtiyotkorona siljish bor

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan muzokaralarda muayyan ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Uning CNN telekanaliga bildirishicha, 12-noyabr kuni Moskvada Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Vladimir Putin bilan muhim muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.

Shundan so‘ng AQSh vakillarining Dublinda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Stubbning ta’kidlashicha, yaqin bir-ikki hafta ichida Rossiya, AQSh, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokida yangi muzokaralar o‘tkazilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring