Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya sohillari yaqinida 71 kishi cho‘kib ketdi

Suriya sohillari yaqinida 71 kishi cho‘kib ketdi

Foto: Standart

Suriya sohillari yaqinida fojia yuz berdi: Euronews xabarida kema cho‘kib ketishi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Livandan kelayotgan, bortiga 120 nafardan 150 nafargacha migrantni ortgan kema kecha, payshanba kuni Suriyaning Tartus porti yaqinida cho‘kib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

So‘nggi uch yilda 1,5 ming nafardan ziyod livanlik dengiz orqali Yevropaga yetib olishga urinib ko‘rgan, deyiladi BMT hisobotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring