Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada erkak zilziladan uch oy o‘tib vayronalar ostidan chiqarib olindi

Suriyada erkak zilziladan uch oy o‘tib vayronalar ostidan chiqarib olindi

Suriyadagi zilziladan deyarli uch oy o‘tib, soch-choqoli o‘sib, ozib ketgan erkak vayronalar ostidan olib chiqildi. Bu haqda Eronning «Akhbar.fouri» portali xabar bermoqda.

Mazkur nashrning instagramdagi sahifasida ozg‘in erkak kishining surati zilziladan uch oy o‘tib vayronalar ostidan omon chiqqani haqidagi izoh bilan tarqatilyapti. Ammo uning qanday qilib tirik qolgani haqida ma’lumot berilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Turkiya janubi-sharqida, Suriya chegarasiga yaqin joylashgan Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali vayronkor zilzilalar sodir bo‘lgan edi.

Seysmik hodisa qo‘shni Suriyaga ham ta’sir qilgan va u yerda ham ikkita shaharda binolar qulab tushgan edi.

Mart oyi holatiga ko‘ra, Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 5,8 ming kishidan oshgan. Zilzilalar oqibatida Suriyada jami 400 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi. 1,5 ming kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring