Suriyadagi masjidda portlash: 8 kishi halok bo‘ldi
Suriyadagi masjidda portlash: sakkiz kishi halok bo‘ldi.
SANA axborot agentligining juma kuni xabar berishicha, Suriyaning Xoms shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi va yana 18 kishi jarohat oldi.
Xavfsizlik kuchlari voqea joyini o‘rab olgan. Tergov olib borilmoqda.
Agentlik ismi oshkor qilinmagan xavfsizlik xodimiga iqtibos keltirgan holda, noma’lum shaxslar masjidga portlovchi moslamalar qo‘yganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Damashqda IShID rahbarlaridan biri ushlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter