Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan kema qutqarildi — Bloomberg
Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan «Ever Given» konteyner tashuvchisi sayozlikdan tortib olindi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi dengizlarda tashuvni amalga oshiruvchi «Inchcape» kompaniyasiga asoslanib xabar berdi.
Dvigatellari ishlamoqda, kema soz. U shimolga, Katta Achchiqko‘l tomon yo‘nalish olgan, deyiladi «Vesti» xabarida.
Xabarda ta’kidlanishicha, qatnovning qachon tiklanishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Bu yerda 370 ta kema, jumladan, 25 ta tanker kutib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni suv sig‘imi 220 ming tonnali va uzunligi 400 metrli «Ever Given» konteyner tashuvchisi Suvaysh kanalining janubiy qismini to‘sib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter