Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailanddagi mehmonxonada olti kishi noma’lum tarzda vafot etdi

Tailanddagi mehmonxonada olti kishi noma’lum tarzda vafot etdi

Bangkokdagi mehmonxonada noma’lum sharoitda vafot etgan olti kishining o‘limi tergov qilinmoqda.

Olingan xabarlarga ko‘ra, 16 iyun kuni poytaxt Bangkokdagi mehmonxonada kamida olti kishining jasadi topilgan.

Tailand politsiyasining ismi sir qolishini istamagan mulozimining Reuters agentligiga aytishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Vetnam fuqarolaridir.

Avvalroq Tailand nashrlarida mahalliy politsiyaga tayanib, mehmonxonada 6 kishi qurbon bo‘lgan ommaviy otishma haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Biroq Reuters manbasi bu xabarlarni rad etdi. «Hech qanday otishma belgisi yo‘q», dedi u batafsil ma’lumot bermasdan.

Tailand bosh vaziri voqea holatlari yuzasidan tergov boshlashni buyurganini aytdi.

Politsiya va tibbiy xizmatlar hozircha hodisaga rasman izoh bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring