Tep-tekis dala o‘rtasida kutilmaganda ulkan o‘ra paydo bo‘ldi — Meksika
Meksika markazidagi ekin maydonlaridan birida yer cho‘kib, taxminan 60 metr diametrli o‘ra hosil bo‘ldi. G‘ayriodatiy hodisa haqida CNN kanali xabar berdi.
Hodisa yuz bergan hudud — Puebla shtatidagi Santa-Mariya-Sakatepek munitsipaliteti. O‘raning chuqurligi 20 metrlar chamasi bo‘lib, suv bilan to‘lgan. Avvaliga eni 5 metrlar atrofida bo‘lgan o‘ra bir necha soat ichida juda kattalashib ketgan.
Dala maydonida yashovchi oila boshqa joyga ko‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, mahalliy hokimiyat mahalliy aholini bu yerga yaqinlashmaslikka chaqirdi. Yer cho‘kishi hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter