Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda tug‘ilishni cheklovchi dastur qabul qilindi

Tojikistonda tug‘ilishni cheklovchi dastur qabul qilindi

Tojikistonda tug‘ilishni kamaytirishga qaror qilindi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi barcha tibbiyot muassasalarini bepul kontratseptlar bilan ta’minlashi kerak. Bu haqda «Tnews» sayti xabar berdi. 

Poliklinika va shifoxonalarga kelivchilarga istalmagan homiladorlikning oldini olish yuzasidan tushuntirish berishadi, jinsiy ahloq to‘g‘risida so‘zlab berishadi. Amaldorlarning fikricha, mutaxassislar shuningdek, organizmga zarar yetkazmaslik, bir necha yillik tanaffus bilan tug‘ishlari uchun xotin-qizlar salomatligiga urg‘u berishlari kerak bo‘ladi.

Jahon banki mutaxassislarining bir necha bor bayonot berishlaricha, Tojikistondagi qashshoqlik, ishsizlik va mehnat migratsiyasining yuqori darajadaligi sababli portlovchi demografik vaziyat yuzaga kelgan. So‘ngi o‘n yilda aholi soni 22foizga oshgan. Mahalliy mentalitetga ko‘ra, odamlar tug‘ilishni cheklashni hayollariga ham keltirishmaydi.

«Maqsad –nafaqat ayollar, balki butun oila reproduktiv salomatlik qoidalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Mazkur dastur asosida biz aholiga faqat tug‘ish bilan ish bitmasligini, bolalarni tarbiyalash va ta’minlash kerakligini ham tushuntiramiz. Muntazam ravishda tug‘ishga sarflanadigan mablag‘larga oila pul jamg‘arishi va farzandlariga yaxshi ta’lim berish, kiyintirishlari mumkin bo‘ladi. Farzandlarini ta’minlash, ularga mehr berish va vatanparvar qilib tarbiyalash kerak», – deydi Tojikiston Reprodukutiv salomatlik markazi direktori Munira G‘anizoda.

Reproduktiv salomatlik davlat dasturi – tojik ayollarining tug‘ishini to‘xtatish degani emas, demoqda dasturni ishlab chiqqanlar. Farzand dunyoga keltirish har bir fuqoroning xuquqi. Boshqa idoralar qashshoqlik va ishsizlikka qarshi kurashishi kerak. Shifokorlar bolalar va ularning onalarining salomatligi haqida qayg‘urishlarini aytishar ekan, istalmagan homiladorlikka barham berish va aholining barcha qatlamlarini bepul kontratseptiv vositalar bilan ta’minlash asosiy maqsadlari ekanini aytishadi.

«Biz dastur ishlab chiqishdan avval tadqiqot o‘tkazdik va ko‘plab muammolarni aniqladik. Masalan, Tojikiston ayollarining 40% tez-tez tug‘ishlari oqibatida homiladorlik vaqtida kam qonlikdan aziyat chekadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab ayollar turli muammolar, jumladan salomatliklari bois homiladorlikni erta to‘xtatishni istashar ekan. Ko‘pchilik buning imkoni borligini bilishmaydi va mutaxassislarga juda kech murojaat qiladilar, bu vaqtda ularning tug‘ish vaqti kelib qolgan bo‘ladi», – deydi G‘anizoda.

Shifokorlarning prognozlariga qaraganda, mazkur davlat dasturi yaqin uch yil ichida 450 minggacha istalmagan homiladorlikning oldini olishga xizmat qiladi. Aholisi to‘qqiz millionlik Tojikiston uchun bu katta raqamdir. Kontratseptiv vositalarni dasturning faol davrida eng olis qishloqlarda ham topish imkoni bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring