Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tonga sohillarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tonga sohillarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeani janubidagi Tonga qirolligi sohillarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, zilzila epitsentri Tonga poytaxti Nukualofa (22,4 ming kishi yashaydi)dan shimolda, 136 km uzoqlikda, 102 km chuqurlikda joylashgan.

Zilziladan jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring