Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rt mamlakat Rossiyani harbiy xarajatlar bo‘yicha ortda qoldirdi

To‘rt mamlakat Rossiyani harbiy xarajatlar bo‘yicha ortda qoldirdi

Foto: «The Economic Times»

Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari instituti (SIPRI) mamlakatlarning 2021-yildagi harbiy sarf-xarajatlarini hisobladi.

Qayd etilishicha, barcha mamlakatlarning mudofaa xarajatlari qo‘shilganda global iqtisodiyotning 2,2 foizini tashkil etdi.

Jahon mintaqalarida harbiy xarajatlar dinamikasi, 1988–2021 

Manba: SIPRI

Butun kuzatuvlar tarixida mamlakatlarning yillik yalpi harbiy xarajatlari ilk marotaba $2 trillionlik dovondan oshdi — $2,113 trln.

Harbiy xarajatlar bobida yaqqol ustun — AQSh, keyingi o‘rinlarda va yetakchi beshlikda: Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya. Jahon mudofaa budjetining 62 foizi shu besh mamlakatga to‘g‘ri keldi.

Top-5:

  1. AQSh — $801 mlrd
  2. Xitoy — $293 mlrd
  3. Hindiston —$76,6 mlrd
  4. Buyuk Britaniya — $68,4 mlrd
  5. Rossiya — $65,9 mlrd.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring