Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp YeIdan Xitoy va Hindiston tovarlariga boj kiritishni so‘radi

Tramp YeIdan Xitoy va Hindiston tovarlariga boj kiritishni so‘radi

Foto: CBS Express

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Xitoy va Hindistondan keladigan tovarlarga 100 foiz boj to‘lovlari joriy etishga chaqirdi.

Bu qadam Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish va uni Ukrainani urushni to‘xtatishga majbur qilish maqsadida taklif qilingan.

Financial Timesning yozishicha, Tramp bu talabni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSh va YeI rasmiylari uchrashuvida ilgari surgan.

AQSh rasmiylari ta’kidlashicha, Vashington YeI qo‘ygan bojlarni “bir xil chora bilan javob qaytarishga” tayyor, ya’ni Xitoy va Hindistonga nisbatan xuddi shunday bojlar joriy qiladi.

Bojlar Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishi uchun saqlanib turishi mumkin.

Taklif Oq Uyning Ukrainadagi urushni to‘xtatishdagi qiyinchiliklar va Rossiyaning kuchaygan havo hujumlari fonida bildirilgan.

Seshanba kuni Tramp jurnalistlarga shu yoki keyingi haftada Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Dam olish kunlari Kiyevdagi Ukraina hukumati binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, bu hujum Kreml tomonidan tajovuzkorlik kuchayganidan dalolat beruvchi ramziy ma’no sifatida ko‘rilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring