Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi

Tramp Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga keskin ultimatum bilan chiqdi. Uning bayonotiga ko‘ra, agar Tehron 48 soat ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq ochmasa, AQSh harbiy chora ko‘rishi mumkin.

«Agar Eron 48 soat ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq va tahdidsiz ochmasa, AQSh ularning elektr stansiyalariga zarba beradi va yo‘q qiladi», – deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida.

Tramp, ayniqsa Eronning yirik energetika ob’yektlarini nishonga olish mumkinligini ta’kidladi. «Zarba eng katta elektr stansiyasidan boshlanadi», dedi u.

Trampning bu bayonoti Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Tahlilchilar fikricha, agar AQSh Eron energetika infratuzilmasiga zarba bersa, mojaro yanada kengayishi, mintaqadagi neft va gaz ob’yektlari nishonga aylanishi ehtimoli yuqori.

Hozircha Eron tomoni ushbu ultimatumga rasmiy javob bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring