Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Ho‘rmuz borasida Eronga yana tahdid qildi

Tramp Ho‘rmuz borasida Eronga yana tahdid qildi

Foto: Lenta.ru

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi bayonoti Yaqin Sharqdagi vaziyatning qay darajada keskin va bir vaqtning o‘zida murakkab diplomatik jarayonlar bilan uyg‘unlashib ketganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Tramp o‘z chiqishida Eronda «yangi va nisbatan oqilona rejim» bilan aloqalar o‘rnatilganini ta’kidlab, urushni tugatish bo‘yicha «sezilarli ilgarilash»ga erishilganini bildirdi. Bu bayonot rasmiy diplomatik kanallar orqali emas, balki siyosiy ritorika orqali bildirilgan bo‘lsa-da, u Vashingtonning mojaroni nazorat ostida yakunlashga intilayotganidan dalolat beradi.

Biroq shu bilan birga, AQSh rahbari ehtimoliy kelishuv amalga oshmasa, Eronning strategik infratuzilmasiga qarshi keng ko‘lamli zarbalar berilishi mumkinligini aytdi

«Sezilarli taraqqiyotga erishildi, biroq agar biron sababga ko‘ra yaqin orada kelishuvga erishilmasa (katta ehtimol bilan shunday bo‘ladi ham) va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan ochilmasa, biz ularning barcha elektr stansiyalari, neft quduqlari va Xarg orolini (va ehtimol, barcha suv chuchuklashtirish inshootlarini ham!) portlatish va butunlay vayron qilamiz. Biz bu ob’yektlarga shu paytgacha ataylab «tegmay» kelayotgan edik.

Bu eski rejimning 47 yillik «terror hukmronligi» davrida Eron tomonidan qirg‘in qilingan va o‘ldirilgan ko‘plab askarlarimiz hamda boshqa insonlar uchun qasos bo‘ladi», — deb yozdi Tramp.

Eron tomoni esa bu kabi bayonotlarni bosim sifatida qabul qilmoqda va AQSh takliflarini «real emas» deb baholamoqda. Bu esa tomonlar o‘rtasida hali ham jiddiy ishonchsizlik davom etayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp avval ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish borasida Eronga muhlat bergan, biroq keyinchalik ushbu muddatni 6 aprelgacha uzaytirgan edi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring