Tramp, Putin va Si yadroviy tahdidlarni kamaytirişga kelişdi
19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ötkazilgan uç tomonlama sammit yakunlari böyiça AQŞ prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin «Tinçlik sari deklaratsiya»ni qabul qildi.
Reuters va Associated Press xabarlariga köra, uç davlat rahbarlari yadroviy qurollar bilan boğliq xavflarni kamaytiriş va ularning tarqalişini oldini oliş yuzasidan muloqot olib borişga kelişgan.
«Uç davlat rahbarlari yadroviy uruşda ğalaba qozonib bölmasligini va bunday uruşga heç qaçon yöl qöymaslik kerakligini yana bir bor tasdiqladilar», – deyiladi qöşma deklaratsiyada.
Anadolu agentligi eʼlon qilgan hujjatga köra, deklaratsiya törtta asosiy yönalişni qamrab olgan.
Birinçisi — Birlaşgan Millatlar Taşkilotini isloh qiliş. Uç davlat BMTning global muammolarga samarali javob qaytariş imkoniyatlarini kuçaytiriş tarafdori ekanini bildirgan.
Ikkinçisi — energetika xavfsizligi. Tomonlar neft va boşqa energetika resurslari taʼminoti barqarorligini taʼminlaş böyiça hamkorlikni kengaytirişga kelişgan.
Uçinçisi — xalqaro huquq va davlat mansabdor şaxslarining immuniteti. Deklaratsiyada davlatlarning roziligi tamoyiliga amal qiliş hamda Xalqaro jinoyat sudi kabi institutlar öz vakolatlarini suiisteʼmol qilmasligi zarurligi qayd etilgan.
Törtinçisi — yadroviy xavflarni kamaytiriş. AQŞ, Rossiya va Xitoy yadroviy qurollar tarqalişining oldini oliş va strategik barqarorlikni taʼminlaş böyiça muloqotni davom ettiriş niyatini bildirgan.
Şu bilan birga, mutaxassislar yadroviy qurollarni nazorat qiliş böyiça jiddiy kelişuvga erişiş oson bölmasligini taʼkidlamoqda. Xususan, AQŞ va Rossiyaning yadroviy arsenallari Xitoynikidan ança katta.
Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) va Amerika olimlari federatsiyasi (FAS) baholariga tayangan BILD maʼlumotlariga köra, Rossiya ixtiyorida taxminan 5 420 ta, AQŞda 5 042 ta, Xitoyda esa 620 ta yadroviy kallak mavjud.
Associated Press esa AQŞ va Rossiya örtasidagi New START strategik qurollarni çeklaş şartnomasining amal qiliş muddati 2026 yil fevralida tugagani, Tramp uşbu kelişuv örniga Xitoyni ham qamrab oladigan yangi şartnoma tuzişni taklif qilayotgani haqida xabar tarqatdi.
Qurollarni nazorat qiliş assotsiatsiyasi ijroçi direktori Deril Kimballning fikriça, uç tomonlama uçraşuv kelgusida muntazam muzokaralarni boşlaşga turtki berişi mumkin, ammo bitta sammitdan katta natija kutiş qiyin.
Öz navbatida, Yonhap agentligi qöşma deklaratsiyada Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturi alohida tilga olinmaganiga eʼtibor qaratgan.
Şuningdek, Associated Press xabarida taʼkidlanişiça, Tramp uçraşuvda Ukraina va Erondagi uruşlarni muhokama qilganini bildirgan bölsa-da, deklaratsiya matnida uşbu mojarolarga bevosita töxtalinmagan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter