Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning shtabi uning g‘alabasiga umid qilmayapti — OAV

Trampning shtabi uning g‘alabasiga umid qilmayapti — OAV

Foto: «Philadelphia Inquirer»

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi turbulentlik zonasiga kirib qolgan samolyotga o‘xshatildi.

Shtabdagi manbalar jamoadagi tushkun kayfiyat va jamoatchilik so‘rovlari natijalariga parvo qilmaslik haqida topshiriq olinganini «Axios» nashriga ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, shtab rahbarida keyingi harakatlar haqida aniq strategiya yo‘q. 3-noyabrdagi saylovda g‘alabadan umidini uzgan Tramp shtabining rahbari Bill Stepiyen o‘zining endigi asosiy vazifasi «samolyotni xavfsiz qo‘ndirish» deb hisoblamoqda, yozadi nashr.

Biroq Stepiyenning o‘zi OAVning bu axborotini keskin rad etib, Donald Tramp demokrat Jo Bayden ustidan g‘alaba qozonishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring