Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch yoshli qiz o‘yin paytida o‘zini yoqib yubordi

Uch yoshli qiz o‘yin paytida o‘zini yoqib yubordi

Foto: «Google.com»

Uch yoshli qizcha gugurt bilan o‘ynagani uchun yonib ketdi. Bola kiyimlariga o‘t qo‘ydi. O‘sha paytda yonida kattalar bo‘lmagan. Go‘dak qattiq kuyib qolgan. U shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar politsiya chaqirishgan.

Voqea Ukrainaning Mariupol shahrida sodir bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlari dastlabki tergov o‘tkazib, hodisa yuz bergan paytda bolaning onasi qo‘shnilarinikiga chiqqanligini aniqladi. O‘gay ota esa mast holda uyda uxlab yotgan.

Oilani o‘ziga to‘q deb bo‘lmaydi. Ijtimoiy xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Bola bir necha bor ota-ona nazoratisiz qolgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ona 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring