Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Isroilga qarshi keskin choralar e’lon qildi

Turkiya Isroilga qarshi keskin choralar e’lon qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan mamlakat Isroil bilan barcha iqtisodiy va savdo aloqalarini uzib, havo hududini Isroil samolyotlari uchun yopishini aytdi. Shuningdek, Turkiya kemalarining endi Isroil portlariga kirishi taqiqlanadi

“Isroil va G‘azo sektori, Livan, Yaman, Suriya va Eronga o‘ylamasdan uyushtirilgan hujumlar xalqaro hamjamiyatga qaratilgan terror hujumining yaqqol dalolatidir”, - dedi vazir Turkiya parlamenti yig‘ilishida. 

2024-yilning may oyida esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘azo sektoridagi urush sabab Isroil bilan savdo aloqalari to‘xtatilishini e’lon qildi.

Turkiya statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil etadi, uning 75 foizi Turkiya eksportiga to‘g‘ri keladi. Isroil matbuotiga ko‘ra, turk portlari so‘nggi paytlarda kema egalaridan Isroilga aloqasi yo‘qligi va bu davlat uchun harbiy yoki xavfli yuklarni tashimasligi to‘g‘risida norasmiy sertifikat so‘ray boshlagan. 

Erdo‘g‘on o‘tgan yilning 13 noyabr kuni Isroil bilan diplomatik aloqalar to‘xtatilganini e’lon qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring