Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezidentligiga saylovning 2-turi O‘zbekistonda qachon o‘tkazilishi aytildi

Turkiya prezidentligiga saylovning 2-turi O‘zbekistonda qachon o‘tkazilishi aytildi

Joriy yil 14-may kuni Turkiyada Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan edi.

Unga ko‘ra, Rejep Tayyip Erdog‘an 49,51 foiz, Kamol Qilichdarog‘li  44,88 foiz, Sinan Ogan 5,17 foiz, Muharrem Inje 0,44 foiz to‘pladi.

Nomzodlarning birortasi 50 foizdan ortiq ovoz olmagani uchun saylovlarning 2-bosqichini 28 may, yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qilingan edi.

Biroq Turkiyadagi Prezident saylovi boshqa mamlakatlarda bo‘lib turgan turk fuqarolari uchun saylov kunidan oldin tashkil qilinadi.

Jumladan, O‘zbekistonda 20-21-may kunlari soat 08:00 dan 22:00 gacha Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi va Samarqanddagi Bosh konsulligida Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring