Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada vayronalar ostidan 100 kishi chiqarib olindi

Turkiyada vayronalar ostidan 100 kishi chiqarib olindi

Foto: RIA Novosti

Turkiyaning g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli zilziladan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar ostidan 100 kishini olib chiqdilar. Bu haqda mamlakat shaharsozlik vaziri ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat hududida besh mingga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda, 17 bino vayron bo‘lgan, sakkiztasida qutqaruv ishlari davom etmoqda. Zilziladan keyin 100 nafar fuqaro vayronalar ostidan qutqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila kichik sunamini keltirib chiqardi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘lgan va 800 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring