Turkiyada zilzila qurbonlari soni 284 nafarga yetdi

Avvalroq bugun, 6-fevral kuni soat 04:17 da Turkiyaning Qahramanmarash shahri Pazarjik tumanida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Dastlabki zilziladan so‘ng, soat mahaliy vaqt bilan 5:17 dan 11:04 ga qadar yana 100 dan ortiq yer silkinishlari sodir bo‘ldi. Ular 3,5-6,6 magnituda orasida sodir bo‘lgan.
Zilzila epimarkaz atrofidagi, jumladan, Qahramanmarash, Hatay, Usmaniya, Adyaman, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Malatya va Adanada kuchli sezildi.
Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish tashkiloti (AFAD)ning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Qahramanmarashda 70, Gaziantepda 80, Shanliurfada 13, Diyarbakirda 14, Adanada 10, Adyamanda 13, Usmaniyda 20, Hatayda 4, Kilisda 8 va Malatyada 47 nafar – jami 284 nafar fuqaro tabiiy ofat qurboni bo‘lishgan.
Shuningdek, 2 323 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
Turkiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash rejasi doirasida zilzila darajasi 4-darajali deb e’lon qilingan.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuvlarda Favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish markazi (ERCC) orqali hududlarda qidiruv va qutqaruv sohasida xalqaro yordam so‘raldi. Gollandiya, Ozarbayjon va Angliya kabi ko‘plab mamlakatlardan allaqachon yordam takliflari olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter