Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada o‘pka saratonini yangicha davolash samara berdi

Turkiyada o‘pka saratonini yangicha davolash samara berdi

Foto: Global Look Press

Turkiyalik shifokorlar o‘pka saratonini davolash uchun yangi usulni taklif qilishmoqda. Anqara gematologiya va onkologiya uyushmasi tadqiqotlari haqida Sabah nashri xabar berdi.

Uyushma bosh kotibi, doktor Jengiz Karachin «ADRIATIC» deya nomlangan yangi terapiya tadqiqotlari natijalarini so‘zlab berdi. Kimyoviy va nur terapiyasidan so‘ng kasallik qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun immun terapiyasini ham o‘tkazish kerak. Ushbu usul qo‘llanganda saratonning qaytalanish ehtimoli 27 foizga kamaygan. Turk mutaxassisining ta’kidlashicha, bu so‘nggi 20 yilda natija bergan ilk loyihadir.

«Saratonni davolashda boshni aylantiradigan darajadagi yutuqlarga erishilmoqda. Leykemiya, limfoma va miyelomani davolashdagi muvaffaqiyatlar karrasiga o‘sdi. Hozir biz e’tiborni nafaqat saratonni davolashga, balki uning nazoratiga ham qaratishimiz kerak», — dedi Jengiz Karachin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring