Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston prezidenti hukumat majlisiga velosipedda keldi

Turkmaniston prezidenti hukumat majlisiga velosipedda keldi

Foto:«Sng.today»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat hukumati yig‘ilishiga velosipedda tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda  «Neytralniy Turkmenistan» nashri.

Ta’kidlanishicha, prezident erta tongdan  «Oguzxan» kompleksidan Vazirlar Mahkamasi tomon velosipedda yo‘lga tushgan. Ikki bino o‘rtasidagi masofa bir necha yuz metrni tashkil etadi.

Prezidentni mamlakatda velosport va sog‘lom hayot tarzining targ‘ibotchisi sifatida ko‘rishadi.

Hozirgi vaqtda velosipedga Turkmanistonda katta e’tibor qaratiladi. BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida aynan Turkmaniston tashabbusi 3-iyun Butunjahon velosiped kuni deya e’lon qilingandi.
Ashxobod markazida mazkur voqeaga atab monument barpo etilmoqda. Butun jahon velospiyed kuniga bag‘ishlangan ushbu yodgorlik 2019-yil 3-iyunda ochilishi kutilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring