Turkmanistonda maktab formasi va o‘quv qurollari uch oyda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz sotilmoqda
Turkmanistonda yangi o‘quv yili arafasida maktab bozorlari ish boshladi. Ammo xaridor deyarli yo‘q — chunki aholi xarid qobiliyati pasayishdan to‘xtamayapti, deb yozmoqda «Xronika Turkmenistana».
Moliaga kuyib qolishni istamagan aksariyat poytaxt do‘konlari yangi aksiya o‘ylab topishdi — maktab tovarlari mijozlarga uch oy muddatda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz taklif etilmoqda.
Uch oylik imtiyoz bilan maktab formasi va o‘quv qurollarini sotib olishga xohishi borlar ish joyidan qancha maosh olishi haqida ma’lumotnoma olib kelishlari shart.
Bu yerda bitta cheklov bor: xarid summasi mijozning oylik ish haqidan oshib ketmasligi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter