Uganda Eronga qarshi urushga kirmoqchi
Uganda Qurolli kuchlari rahbari Muxuzi Kaynerugaba Yaqin Sharqdagi urushga doir keskin bayonot berib, mamlakat Isroil tomonida turishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroilga tahdid kuchaysa yoki unga qarshi «yo‘q qilish» kabi chaqiriqlar amaliy bosqichga o‘tsa, Uganda urushga qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga, u dunyo urushdan charchaganini ta’kidlab, mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini ham aytgan.
«O‘tgan asrning 80-, 90-yillarida biz hech kim bo‘lmagan paytimizda Isroil bizni qo‘llab-quvvatlagan. Nima uchun hozir, yalpi ichki mahsulotimiz 100 milliard dollarni tashkil etayotgan bir paytda, uni himoya qilmasligimiz kerak?» – degan Muxuzi Kaynerugaba.
Tahlilchilar Uganda geografik jihatdan Yaqin Sharqdan uzoq bo‘lsa-da, bunday chiqishlar mojaroning xalqaro tus olayotganidan darak deya baholashmoqda. Shu bilan birga, hozircha Ugandaning real harbiy ishtirok ehtimoli past deb qaraladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter