Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina BMTning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘ramoqda

Ukraina BMTning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘ramoqda

Ukraina Kiyevga berilgan zarbalar tufayli BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan. Bu haqda turli OAVlar o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshi so‘ralgan uchrashuv sanasini aniq aytmagan. 

RIA "Novosti" xabariga ko‘ra, so‘rov BMT Nizomining 34 va 35-moddalariga tegishli: birinchisi Xavfsizlik Kengashiga xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi vaziyatni tekshirish vakolatini beradi; ikkinchisi, BMTning istalgan a’zosiga vaziyatni Xavfsizlik Kengashi yoki BMT Bosh Assambleyasi e’tiboriga yetkazish imkonini beradi.

Uchrashuv kun tartibi “Ukrainada tinchlik va xavfsizlikni saqlash” deb belgilangan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi 28 avgustga o‘tar kechasi Ukrainadagi harbiy-sanoat kompleksi korxonalari va harbiy havo bazalariga “uzoq masofaga mo‘ljallangan aniq qurollar” va hujumchi dronlari bilan guruhli zarba berilganini ma’lum qildi.

Ukraina hukumati esa Kiyevdagi aholi kvartallariga hujum uyushtirilganini e’lon qildi. Jami 19 kishi halok bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring