Ukraina urush boshidan beri qancha harbiy yordam olgani aytildi

Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikovning aytishicha, 2022-yil fevralidan buyon mamlakat chetdan 100 milliard dollarga yaqin harbiy yordam olgan. Yordam asosan AQSh, Buyuk Britaniya va YeI davlatlaridan kelgan.
Bu haqda «Ukrinform» agentligi xabar berdi.
«Agar bugun biz barcha yordam paketlarini yaxlit baholasak pul shaklida yordamlar, har xil turdagi qurol va jihozlar, patronlar, snaryadlar, o‘qlar oldik, menimcha, 100 milliard dollardan kamroq miqdorda», deydi u.
O‘z navbatida aytish lozimki, 31-avgust kuni Ukraina xalq deputati Yaroslav Jeleznyak Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Rustem Umerov Ukrainaning ehtimoliy yangi mudofaa vaziri bo‘lishini, Reznikov esa Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimini egallashini aytgandi. Bu mudofaa tizimidagi korrupsion sxemalar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter