Ukraina va Rossiya asirlar almashtirish bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlashi mumkin
Ukraina va Rossiya o‘rtasida navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi natijasida 1 200 ukrain fuqarosi ozod qilinishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ma’lum qildi.
Umerovning so‘zlariga ko‘ra, almashinuv jarayoni Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida qayta boshlanadi. Uning ta’kidlashicha, taraflar 2022-yilda Istanbulda imzolangan almashinuv bitimlarini jonlantirishga kelishgan. Shuningdek, texnik maslahatlar yaqin kunlarda o‘tishi rejalashtirilgan. Unda barcha tashkiliy va huquqiy jihatlar aniqlanadi.
Umerov «ozod qilinadigan ukrainaliklar Yangi yil va Rojdestvo bayramlarini oilalari bilan birga uyda o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi»ni aytadi.
Ma’lumot uchun, Istanbul kelishuvlari – 2022-yilda Turkiya o‘rtachiligida imzolangan va katta miqdorda asirlar almashinuvini muvofiqlashtirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan hamkorlik formati hisoblanadi. O‘sha paytdan buyon minglab tutqunlar almashilgan, lekin bu boradagi muzokaralar har doim ham muvaffaqiyatli kechmayapti.
Kiyev tomonining bu chaqiruviga Moskva hozircha javob bermagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter