Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uning manzilini Qurolli kuchlarimizga beramiz... »  – Zelenskiy Viktor Orbanga tahdid qildi

«Uning manzilini Qurolli kuchlarimizga beramiz... »  – Zelenskiy Viktor Orbanga tahdid qildi

Zelenskiy Yevropa Ittifoqidagi «bir kishi» Ukrainaga ajratilishi kerak bo‘lgan moliyaviy yordamni to‘sib qo‘yayotganini bildirdi.

«Umid qilamizki, Yevroittifoqdagi bir kishi 90 mlrd yevro yordamni yoki uning birinchi transhini bloklamaydi. Aks holda, o‘sha insonning manzilini Qurolli kuchlarimizga beramiz – ular u bilan o‘z tilida gaplashsin», – dedi Ukraina prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar Ukraina uchun juda muhim va hozircha ularga boshqa muqobil yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratish rejasiga qarshi chiqqan. Shuningdek, Budapesht pozitsiyasi sabab YeI Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan 20-sanksiyalar paketini ham qabul qila olmagan.

Ma’lumki, Vengriyaning Ukrainaga yordam paketlarini bloklashi faqat siyosiy emas, balki energetik manfaatlar, jumladan «Drujba» quvuri orqali keladigan neft ta’minoti bilan ham bog‘liq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring