Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urush tahdidi. Nensi Pelosi Tayvanga kelmoqdami?

Urush tahdidi. Nensi Pelosi Tayvanga kelmoqdami?

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyoga turne davomida Singapur, Malayziya, Koreya Respublikasi va Yaponiyaga tashrif buyurish niyatida ekanini aytdi. 

Pelosi Tayvan haqida gapirmagan.

Bungacha AQSh Harbiy-havo kuchlarining Osiyoga yo‘l olgan maxsus samolyoti Gonolulu aeroportida Gavayiga qo‘nganligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. 

Safar davomida Pelosi Tayvanga tashrif buyurishi mumkinligi aytilgan, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi rasmiy Pekinning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Avval, Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy harbiylari qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi haqida ogohlantirdi. So‘ngra, Si Szinpin Jo Bayden bilan telefon suhbatida olov o‘ynamaslikka chaqirdi.

Kecha esa Xitoy armiyasi rahbariyati sahifasida urushga tayyorgarlik chaqirig‘i paydo bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring