Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vayronalar ostida bolalar qichqirmoqda» — Ukraina qattiq zarbaga uchradi

«Vayronalar ostida bolalar qichqirmoqda» — Ukraina qattiq zarbaga uchradi

Rossiya Ukrainaning Dnepr, Krivoy Rog va Kiyev shaharlariga raketa zarbalarini berdi.

Natijada bir nechta ko‘p qavatli uylar vayron bo‘lgan. Kiyevda bolalar shifoxonasining bir qismi ham vayron bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda vayronalar ostidan odamlarning, bolalarning qichqirayotgani ovozlari eshitilmoqda.

Zarba natijasida Kiyevda 9 kishi, Krivoy Rogda 10 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar jarohatlangani aytilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring