Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WSJ Trampning Ukraina borasidagi rejalarini oshkor etdi

WSJ Trampning Ukraina borasidagi rejalarini oshkor etdi

Donald Trampning saylovoldi tashviqoti paytida gapirgan Ukraina uchun yagona tinchlik rejasi yo‘q, ammo ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri bu mojaroni to‘xtatib, haqiqiy front chizig‘i bo‘ylab chegaralarni belgilash va 1300 kilometr uzunlikda demilitarizatsiya zonasini yaratishdir. Bu haqda Wall Street Journal Tramp jamoasidagi manbalarga asoslanib yozmoqda.

Shuningdek, Ukraina NATOga a’zo bo‘lishni 20 yilga kechiktirishi kerak, buning evaziga Rossiya agressiyasi to‘xtamasa, qurol olishda davom etadi. Demilitarizatsiya qilingan hududda xavfsizlikni aniq kim nazorat qilishi noma’lum.

WSJ suhbatdoshining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar mutaxassislarni tayyorlashni davom ettirishga tayyor, ammo «Ukrainada tinchlikni saqlash uchun o‘z erkaklari va ayollarini yubormaydi va buning uchun ham pul to‘lamaydi». Buning o‘rniga u yerga «polyaklar, nemislar, inglizlar va fransuzlar»dan iborat Yevropa kontingentini yuborish taklif etiladi.

Saylangan vitse-prezident J.D.Vens sentyabr oyidagi intervyusida qurolsizlantirilgan hudud yaratish imkoniyati haqida gapirgandi, deb eslaydi WSJ.

Ammo bu borada yakuniy qaror qabul qilinmadi, deb ta’kidlaydi gazeta manbalari va Trampning o‘zi tanlov qiladi.

Nashrning yozishicha, Tramp jamoasining rejasi boshqacha bo‘lgan: Kiyev Moskva bilan tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lmaguncha, Ukrainaga yordamni to‘xtatish. Balki Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, 2025-yil yanvarida inauguratsiyasidan bir kun oldin urushni tugatishga va’da berganida shuni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring