Xakerlar Isroil va Rizo Pahlaviyning maxfiy hujjatlarini qo‘lga kiritdi
Eronga yaqin deb baholanayotgan «Hanzala» xakerlar guruhi isroillik tahlilchi Raz Zimmt nomiga keskin mazmundagi tahdidli murojaat e’lon qildi.
Murojaatda Raz Zimmt «Eron masalasi bo‘yicha fikr bildirgani» uchun nishonga olingani aytiladi. Matnda uning elektron pochtasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlariga kirilgani, shuningdek 50 mingdan ortiq maxfiy elektron xatlar qo‘lga kiritilgani da’vo qilinadi.
Xakerlar bu xatlar orasida go‘yoki Isroil maxsus xizmatlari bilan bog‘liq moliyaviy ma’lumotlar, Eronni beqarorlashtirishga qaratilgan rejalar, Rizo Pahlaviy bilan bog‘liq operatsiya materiallari, Eronning maxfiy ob’yektlariga oid ma’lumotlar va xavfsizlik tizimi vakillari bilan yozishmalar borligini bildirgan.
Hujjatlarga ko‘ra, Mossad tomonidan ajratilgan oylik 300 ming dollar budjet Rizo Pahlaviy bilan hamkorlikdagi Eronni beqarorlashtirish rejalariga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, murojaatda Eron bilan hamkorlik qilgani aytilgan shaxslarning shaxsi aniqlangani, ular ushlangani va so‘roq qilinayotgani ham da’vo qilingan.
Matn so‘ngida bu hodisa «Eron haqida beparvo bayonot bermoqchi bo‘lgan barcha uchun ogohlantirish» ekani ta’kidlangan. Mualliflar «axborot – haqiqiy kuch» ekanini bildirib, endi barcha ma’lumotlar o‘z qo‘llarida ekanini iddao qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter