Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro tashkilotlar Isroilga chaqiriq bilan chiqdi

Xalqaro tashkilotlar Isroilga chaqiriq bilan chiqdi

Rafahdagi vayron qilingan uy. 

Foto: AP

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Rafah shahriga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xalqaro tashkilotlar esa Tel-Aviv ma’muriyatini ayni paytda 1,5 million falastinlik jon saqlayotgan mazkur shaharga hujum ommaviy qirg‘inga olib kelishidan ogohlantirmoqda. Xususan, BMT Rafahdagi tinch aholi vakillarini himoya qilish lozim deb hisoblaydi.

Tahlilchilar G‘azoda davom ettayotgan jadal harbiy harakatlar hamda bombardimonlardan jonini asrab uchush Rafahda jam bo‘lgan falastinliklar uchun boshqa qochadigan joy yo‘qligini aytmoqda.  

Bosh vazir Binyamin Netanyahu ma’muriyati esa Rafah shahri HAMAS harakatining tayanchi degan da’voni ilgari surgan.

G‘azo bilan chegaradosh Misr hukumati Rafahga hujum rejasini qoralagan va mamlakat hududida Falastindan qochqinlar o‘tgudek bo‘lsa, Isroil bilan tinchlik bitimi bekor bo‘lishidan ogohlantirgan.

Rafahga hujum rejasini Isroilning yaqin ittifoqchilari ham ma’qullamagan. Jumladan, AQSh Isroil falastinlik tinch aholi vakillari xavfsizligini ta’minlamas ekan, Rafahdagi harbiy amaliyot qo‘llab-quvvatlanmasligini bildirgan.

Shaharda 1,5 million falastinlik jon saqlamoqda. Foto: AFP

«Million odam jon saqlayotgan hududda rejasiz va puxta o‘ylanmagan harakatlar bilan amaliyot o‘tkazish halokatga olib keladi», – deydi Davlat departamenti vakili.

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel holatni xavotirli deb atagan.

«Isroilning Rafahga hujumi haqida xabarlar xavotir uyg‘otmoqda. Bu halokatli oqibatlarga olib keladi, shundoq ham og‘ir gumanitar vaziyatni battar murakkablashtiradi va tinch aholi vakillari orasida oqlab bo‘lmas qurbonlarga sabab bo‘ladi», – deydi J.Borrel.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Rafahga hujum gumanitar falokatga yetaklaydi deb hisoblaydi.

BMTga ko‘ra, G‘azoda ochlik darajasi 12 baravarga ortgan. 2023 yil 7 okyatbr kuni Isroil armiyasi HAMAS hujumiga javoban G‘azoga bostirib kirganidan buyon 2,3 million aholining 85 foizi turarjoyini majburan tark etgan. Ayni paytda Falastin anklavining deyarli butun aholisi hayotiga ochlik, tashnalik va yuqumli xastaliklar xavf solmoqda.

Reuters agentligi ma’lumotiga qaraganda, besh oydan buyon davom etayotgan urushda kamida 28 064 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 67611 kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring