Xitoy, Fransiya va Rossiya Eronni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Xitoy, Fransiya, Rossiya hamda mintaqaning qator davlatlari Eronni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy ma’lum qildi.
Ushbu bayonotga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashining uchta doimiy a’zosi (Rossiya, Xitoy va Fransiya) mintaqada vaziyat yanada keskinlashib ketmasligi uchun Tehronni vazminlikka chaqirgan.
G‘aribobodiyning ta’kidlashicha, Eron urush ko‘lamini kengaytirish niyatida emas, biroq o‘z manfaatlari va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan hujumlarga javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Uchlik (Xitoy, Fransiya va Rossiya) AQSh-Isroil va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv Yaqin Sharqda nazorat qilib bo‘lmaydigan katta urushga aylanib ketishidan xavotirda. Bu chaqiriq mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim diplomatik qadam sifatida baholanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter