Xitoy Rossiyaga yordam bermoqchi emas

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam berilmasligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Xitoy Rossiya Federatsiyasi bilan savdo aloqalarini davom ettiradi.
«Biz AQSh va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun maxsus hech narsa qilmaymiz», dedi Xitoy TIV vakili Van Lutun.
U Xitoyning boshqa davlatlar bilan normal iqtisodiy hamkorligiga putur yetkazmaslik kerakligini, shu bilan birga, sanksiyalar «Pekinning Moskva bilan normal savdo aloqalariga ta’sir qilmasligi»ni ta’kidladi.
Diplomatning aytishicha, «Xitoy mojarolar tarafdori emas».
Avvalroq Qozog‘iston g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ko‘maklashish niyatida emasligi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter