Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Xitoyda 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 8 sentyabr kuni erta tongda Xitoyning janubiy-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 5,9 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan bugun, shanba kuni soat 10.31 da Puer shahrida yuzaga kelgan.

Tabiiy ofat Yerning 11 kilometr qa’rida kuzatilgan. Seysmologlar yana uchta kuchli qaytalanuvchi yer silkinishini aniqlashgan.

Zilziladan halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring