Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda musson yomg‘irlari sabab 86 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda musson yomg‘irlari sabab 86 kishi halok bo‘ldi

Foto: «sabah.com»

Xitoyda joriy oy boshidan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari tufayli yuzaga kelgan sel oqibatida 86 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com».

«Sinxua» axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Sellarning oldini olish markazi matbuot kotibi Chjan Szyatuanning aytishicha, musson yomg‘irlari tufayli 28 ta hududda suv toshqinlari kuzatilgan. Tabiiy ofat tufayli 86 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.

Jala sababli 30 ming uy talofot ko‘rgan, 2,18 million gektar ekin maydonlari suv ostida qolgan, 23 million kishi seldan zarar ko‘rgan.

Mamlakatda xavfni bartaraf etish va talafotni kamaytirish maqsadida maxsus guruhlar tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring