Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘limga hukm qilindi

Foto: Sinxua

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tan Jenszyan pora olganlikda ayblanib, ikki yilga kechiktirish sharti bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi NHK.

Sobiq vazir siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilindi. Uning barcha shaxsiy mulklari hamda noqonuniy daromadlari davlat foydasiga musodara qilinadi.

Tan 2007 yildan 2024 yilgacha markaziy va mahalliy darajadagi turli lavozimlarda ishlagan paytida shartnomalar tuzish, xo‘jalik va kadrlar masalasida «yordam ko‘rsatib», tashkilotlar va odamlardan pora olib kelgan. Olgan porasi jami 268 mln yuan (38 mln dollar)dan oshgan.

Sobiq mansabdor aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirdi. Shuni hisobga olgan sud hukm ijrosini ikki yilga kechiktirdi.

Hukmning kechiktirilishi shuni anglatadiki, o‘lim jazosi shu muddat ichida mahkum yana jinoyatga qo‘l urgan taqdirdagina ijro etiladi. Bu ikki yil muddat tugagach, o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring