Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda vabo tarqaldi — bir inson vafot etgan

Xitoyda vabo tarqaldi — bir inson vafot etgan

Foto: «AP Photo»

Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida yashagan bir inson 2 avgust kuni vabodan vafot etgan. TASS xabariga ko‘ra, vabo qurboni bilan muloqotda bo‘lgan 35 kishi ihotalangan.

Mahalliy hukumat epidemiologik xavfning uchinchi darajasini e’lon qildi. Ichki Mo‘g‘ulistonda vabo tarqalishi munosabati bilan, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish rejasiga muvofiq, kasallikni nazorat qilish va tarqalishining oldini olish choralari ko‘rilgan.

Xitoy shimolidagi dasht hududlari hamda qo‘shni Mo‘g‘ulistonda ba’zida vabo tarqalishi kuzatiladi. Mahalliy aholi ayni kasallik tarqatuvchilari hisoblangan kemiruvchi jonivorlarning go‘shtini iste’mol qilishi buning asosiy sababchisidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring