Xitoyda zamonaviy odamlarga qaraganda miyasi kattaroq qadimgi odam qoldiqlari topildi

Xitoyda miyasining hajmi zamonaviy odamlarnikiga qaraganda kattaroq bo‘lgan odam qoldiqlari topildi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Toshgan aylangan topilmalar 1970-yillarda Shansi va Xebey provinsiyalari chegarasida aniqlangan edi. Jami 21 ta topilma 200–160 ming yillar burun yashagan 16 nafar odamga tegishli.
Gavayi universiteti antropologiya kafedrasi professori Kristofer Bey hamda Pekin umurtqalilar paleontologiyasi va paleoantropologiya instituti katta professori Vu Syusze topilmani o‘rganishdi. Ular bu topilmalar ilgari fanga noma’lum qadimiy gomininga tegishli bo‘lishi mumkin, deya xulosaga kelishdi.
Qadimiy ushbu odamning zamonaviy odamdan farqi miyasining kattaligida. Uning miyasi hajmi 1700–1800 kub santimetrga yetishi taxmin qilinyapti, zamonaviy odam miyasi hajmi o‘rtacha 1450 kub santimetrni tashkil etadi.
Bey va Vu yangi turni Homo juluensis (xitoycha ju lu — «katta bosh») deb atashni taklif qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter