Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolib qolgan qo‘y 35 kilo jun berdi (video)

Yo‘qolib qolgan qo‘y 35 kilo jun berdi (video)

Foto: EDGAR’S MISSION

Avstraliyada yovvoyilashib ketgan qo‘yni tutib olishdi. Qo‘y to‘dasidan qochib ketganiga ancha bo‘lgan, buni payqash qiyinmas.

«G‘alati qo‘y»ni uchratgan, Melburndan 60 kilometr shimolda yashovchi odam darhol hayvonlarni himoya qiluvchilarga xabar yetkazgan.

Baarakni (qo‘yga shunday laqab qo‘yishdi) keltirishlari bilan, birinchi navbatda, uni siqib qo‘ygan junlaridan xalos etishdi: naq 35,4 kilogramm jun chiqdi — kattagina kenguruning yarim vaznicha keladi.

Qachonlardir Baarak o‘z fermasidan qochib ketgani taxmin qilinyapti, qulog‘ida birka teshigi bor.

Qarovsiz qolgan qo‘ylar mustaqil yashab ketishlari qiyin, turli xatarlardan omon qolishgani taqdirda ham, junlari o‘sib ketib, yurolmay qolishadi. Baarakni tutib olishganida tevarak-atrofini zo‘rg‘a ko‘rar, vazni esa kamayib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring