Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zambiya prezidenti harbiy paradda hushidan ketdi

Zambiya prezidenti harbiy paradda hushidan ketdi

Foto: «AFP 2021 / Salim Dawood»

Zambiya poytaxti Lusakada 64 yoshli prezident Edgar Lungu harbiy paradda hushidan ketdi. Bu haqda mahalliy Zambia Watchdog nashriga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining to‘satdan boshi aylana boshlagan, ammo darhol o‘ziga kelib, qarorgohiga ketgan. Lungu o‘zini yaxshi his qilishiga va prezidentlik vazifalarini bajarishda davom etishiga ishontirdi.

Ko‘p o‘tmay, mamlakatning birinchi prezidenti, 97 yoshli Kennet Kaundaning shifoxonaga yotqizilishi haqida ma’lumot tarqaldi. U Lusakadagi harbiy shifoxonalardan birida davolanmoqda. Milliy davlatchilik asoschisini shifoxonaga yotqizish sababi aytilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring