Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Lukashenkoga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi

Zelenskiy Lukashenkoga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi

Ukraina Belarusga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Belta prezident Aleksandr Lukashenko bayonotiga tayanib.

Dastlab, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Belarusga hujum qilmoqchi emasligini ta’kidlab, shunday bayonot bergan:

«Ukraina rasman taklif qilgan hamma narsani eshitasiz. Biz Belarusga hujum qilmoqchi emasmiz va buni hech qachon rejalashtirmaganmiz. Bunday niyatlar yo‘q», – deydi Vladimir Zelenskiy.

Bu taklifga Aleksandr Lukashenko shunday munosabat bildirgan:

«Ukrainaliklar nega bunday qilishayotganini bilmayman. Bir tomondan, ular bizdan Ukraina bilan urishmaslikni, qo‘shinlarimiz u yerga siljishmasligini so‘rayapti. Ular hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktni imzolashni taklif qilmoqda. Boshqa tomondan esa Belarus milliy xavfsizligiga potensial tahdid soladigan jangarilarni tayyorlashni davom ettirmoqda. Polsha, Litva umuman aqldan ozgan. Ularga bu nimaga kerak, tushunarsiz. Shuning uchun keskin munosabat bildirishga majburmiz», – deydi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning qo‘shni davlatlarining qurolli tuzilmalari Belarus chegarasi yaqinida to‘plangan. Ular taxminan 23,5 ming kishi, ulardan 17,2 ming nafari Ukrainadan va 3,7 ming nafari Polshadan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring