Zelenskiy: Rossiya NATOning Yevropadagi harbiy ishtirokini zaiflashtirmoqchi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Yevropadagi xavfsizlik tizimini qayta ko‘rib chiqish va NATOning mintaqadagi harbiy ishtirokini cheklashga intilayotganini bildirdi. Uning fikricha, Finlyandiya, Shvetsiya va Boltiqbo‘yi davlatlari ham xavf ostida qolishi mumkin.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainadagi urush yakunlanganidan keyin Yevropada yangi xavfsizlik tizimini shakllantirish masalasini ko‘targan.
Ukraina rahbari bunday muzokaralar xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
«Putin Yevropadagi chegaralarni o‘zgartirishni istayotgani — fakt. Ishonchim komilki, bu uning Yevropadagi xavfsizlik kafolatlarini qayta ko‘rib chiqish borasidagi qarashlarining bir qismidir», — dedi Zelenskiy.
Uning taxminicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi xavfsizlik tizimi muhokamasida Finlyandiya va Shvetsiya, shuningdek, Vengriya va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida AQSh qo‘shinlarining joylashuvi masalasini ko‘tarishi mumkin.
Zelenskiy bunday muzokaralar faqat Ukrainada urush tugagani va mamlakatga xavfsizlik kafolatlari berilganidan keyingina o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari ishtirokida o‘tgan muzokaralarda Yevropa xavfsizlik tizimi masalasi ham muhokama qilingani xabar qilingandi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter