Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uchirdi

Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uchirdi

270 kundan beri davom etayotgan urushda Rossiya armiyasi Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uchirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

«Yuzlab shaharlarimiz shunchaki yoqib yuborildi. Minglab odamlar halok bo‘ldi. Yuz minglab odamlar Rossiyaga majburan deportatsiya qilindi. Millionlab odamlar urushdan qochish uchun Ukrainani tashlab ketishdi. Biz buni to‘xtatishimiz kerak. Biz Rossiya agressiyasini to‘xtatishimiz lozim», degan u.

Zelenskiyning qayd etishicha, yuzlab raketalar turar-joy binolari, korxonalar, elektr stansiyalariga kelib tushmoqda.

«20 milliondan ortiq odam elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi. Energetika sektoriga raketa hujumi tufayli ikkita AESimizdagi reaktorlar ham yopildi», — dedi Zelenskiy.

Prezident o‘z nutqida Ukraina rasmiylari tomonidan urushni tugatish uchun taklif qilingan «tinchlik formulasi»ni ham eslatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring