Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Trampning Qrimdan voz kechish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Zelenskiy Trampning Qrimdan voz kechish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Foto: AP

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Qrimdan voz kechish orqali mojaroni to‘xtatish mumkinligi haqidagi bayonotiga ijtimoiy tarmoqda munosabat bildirdi.

«Qrimni o‘sha paytda ham qoldirmaslik kerak edi», – deb yozdi Zelenskiy.

U, shuningdek, janglarning tezroq tugashidan manfaatdor ekanini ta’kidlab, uzoq muddatli tinchlik zarurligini qayd etdi.

Tramp esa avvalroq Zelenskiy Qrimdan voz kechib, NATOga kirish rejasidan ham chekinadigan bo‘lsa, deyarli darhol mojaroni to‘xtatishi mumkinligini bildirgan edi.

Dushanba kuni Vashingtonda Tramp va Zelenskiyning fevral oyidagi tortishuvdan so‘nggi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. AQSh davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, muzokaralarda Ukraina xavfsizligiga kafolat berish masalasi muhokama qilinadi. Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff esa Vashington hududiy masalalarda kelishuvga erishishga umid qilayotganini bildirdi.

Muzokaralarda shuningdek Germaniya kansleri Fridrix Mers, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya Bosh vaziri Djordja Meloni, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham ishtirok etadi.

Tramp va Zelenskiyning ikki tomonlama uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanishi, ko‘p tomonlama formatdagi muzokara esa soat 00:00 da start olishi belgilangan.

Zelenskiy avvalroq Telegram-kanali orqali Vashingtonga tashrifdan mamnunligini bildirib, mojaroni yakunlash istagini yana bir bor ta’kidlagan edi.

Manba: gazeta.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring